AsosiyIqtisodiyot

1 apreldan meva-sabzavot mahsulotiga qo`shimcha qiymat solig`i solinmaydi

'1 apreldan meva-sabzavot mahsulotiga qo`shimcha qiymat solig`i solinmaydi'ning rasmi

2018 yilning 1 aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo`shimcha qiymat solig`i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi.

Bu haqida O`zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida qayd etilgan, deb yozadi O`zA.

Endi qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari o`rtasida kafolatlangan shartnomalar asosida "urug`-ko`chat-mahsulot etishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga etkazish" tamoyili bo`yicha uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko`zda tutuvchi klaster usuli keng joriy etiladi.

Joriy yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etiladi. 2019 yildan boshlab meva-sabzavot etishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarda klaster shakli yo`lga qo`yiladi.

Ularga ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish, ularning navi va turini belgilash, fermer va dehqon xo`jaliklari bilan ular tomonidan tayyorlanayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish bo`yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi beriladi.


    Boshqa yangiliklar