1

Haftalik bashorat: Omaddan boshingiz ko`kka etadi!

Munajjimlar bashorati 02.04.2018, 09:33
Haftalik bashorat: Omaddan boshingiz ko`kka etadi!
Hamal

Bu hafta xavfli vaziyatlar ortda qoladi. Kasbiy va moliyaviy muammolaringizni hal etish bilan shug`ullanasiz. Dushanbada muhim shartnomalar imzolaysiz. Ular siz uchun juda muvaffaqiyatli bo`ladi. Faqat pul bilan cheklanmay, foydali investisiyalar haqida ham o`ylab ko`ring.

Juma — ijodiy ishlar uchun qulay kun. Hafta so`ngida qadrdon do`stlar bilan uchrashuv kutmoqda. Yakshanbani xaridlar uchun mo`ljallang.

Savr

Yangi beznes sheriklar bilan shartnoma tuzasiz. Ular bilan hamkorlikni osongina yo`lga qo`yasiz. Ammo yon-atrofdagilardan hushyor bo`lish talab etiladi. Hammaga ham do`st, deb ishonavermang. Hafta o`rtasida omad kulib boqadi. Ya`ni moliyaviy syurprizlardan boshingiz ko`kka etadi. Shanba — sevgi izhorlari va romantik sarguzashtlar uchun qulay kun. Yakshanbani oilangizga bag`ishlang.

Javzo

«Javzo»lardan bu hafta faol bo`lish talab etiladi. Tashabbus ko`rsatishdan tortinmang. To`g`riso`z bo`ling, yolg`onga aralashib qolmang. Balandparvoz va`dalarga aldanmang. Muzokaralar olib borish uchun qulay fursat emas. Ish, oila tashvishlaridan biroz chalg`ib, yaqinlaringiz uchun ham vaqt ajrating. Balki ularga sizning yordamingiz kerakdir. Dam olish kunlari tabiat bag`riga sayohat qilasiz.

Saraton

Hushyor bo`ling, muammolarni birdan hal etishga urinmang. Vaqtingizni to`g`ri taqsimlasangiz, barcha yumushlaringizni bajarishga ulgurasiz. Aks holda, sizdan omad yuz o`girishi mumkin. Hamkasblaringiz bilan munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Hafta o`rtasida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, xursand bo`lasiz. Muhabbat bobida aytarli yangilik yo`q. Sog`ligingizga bee`tibor bo`lmang.

Asad

Ishda biroz kelishmovchiliklar bo`lishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun diplomatik qobiliyatingizni ishga soling. Shunda darholvaziyatdan chiqish yo`lini topasiz. Seshanbada pul bilan bog`liq muammolarni hal etasiz. Faqat tavakkal qilmang. Hamkorlaringiz bilan ham hisoblashishni o`rganing. Bir nechta foydali takliflar kutmoqda. Hafta so`ngida ishdagi mavqeingiz oshishi kutilmoqda. Do`stlaringizdan yordam so`rashdan tortinmang.

Sunbula

Rejalaringizni amalga oshirishda hech qanday to`siqlar bo`lmaydi. Yon-atrofdagilar sizga xayrixoh bo`lishadi. Lekin g`oyalaringizni ko`pchilikka oshkor etmaganingiz yaxshi. Do`st tanlashda ehtiyot bo`ling. Moliyaviy masalalarda omad kulib boqadi. Haftaning ikkinchi yarmida shifokor qabuliga yozilib qo`ysangiz zarar qilmaydi. Axir, salomatlik hamma narsadan muhim. Dam olish kunlari qadrdon do`stlar tashrifidan xursand bo`lasiz.

Mezon

Bir nechta foydali bitimlar tuzish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Ammo buning uchun tortinchoqlik va dangasalik bilan xayrlashishingiz shart. Shunda muammolarga ham echim topasiz. Ishda injiq va janjalkash hamkasblardan yiroqroq bo`ling.

Hafta oxirida sport musobaqalarida ishtirok eting. ²am jismoniy chiniqasiz, ham ma`naviy kuch olasiz.

Aqrab

Hafta «aqrab»lar uchun muvaffaqiyatlarga boy bo`ladi. Barchani hayratda qoldirasiz. Qiyin moliyaviy masalalarni hal etasiz. Hafta o`rtasida xorijlik hamkorlar bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Buning uchun pishiq-puxta reja tuzsangiz bo`ldi. Ko`nglingizga quloq soling, chunki ichki sezgingiz hech qachon sizni aldamagan. Dam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.

Qavs

Ko`pdan beri echimini kutayotgan muammolarni hal qilishga kirishasiz. Faqat aql bilan ish qiling. Hissiyotlarga berilmang. Ular sizning zararingizga ishlashi mumkin. Sizdan kuzatuvchanlik talab etiladi. Ahamiyatsizdek ko`ringan narsalar ham foydali bo`lishi mumkin. Pul bilan bog`liq masalalarda omad kulib boqmaydi. Sabrli bo`ling, bu vaqtincha. Dam olish kunlari uydagi ta`mirlash ishlariga xafsala qiling.

Jadiy

Siz har qanday vaziyatni nazorat qila olasiz. Shuning uchun murakkab masalalarni hal etishda maslahat so`rashsa ajablanmang. Hamkasblar bilan muloqotda ziddiyatlardan qoching. Samimiy bo`lishga harakat qiling. Shunda ular ham sizga xuddi shunday javob qaytaradi. Sir saqlashni biling. Do`st deb har kimga dardingizni aytavermang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Dam olish kunlarini oilangizga bag`ishlang.

Dalv

Hafta boshida muhim biznes muzokaralarda ishtirok etishingiz mumkin. Lekin o`zingizni ko`p urintirmang. Moliyaviy operasiyalarni vaqtincha to`xtatib turishingizga to`g`ri keladi. Katta xarajatlarni biroz ortga surganingiz ma`qul. Yaqinlaringizdan maslahat so`rashdan tortinmang. Ular jon deb yordam berishga tayyor. Dam olish kunlari do`stlar bilan sayohatga borib, miriqib hordiq chiqarasiz. Axir, yaxshi dam — mehnatga hamdam.

Hut

«Hut»larga bu hafta omad kulib boqadi. Moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi.

Hamkorlar bilan ham foydali shartnomalar imzolaysiz.

Hamkasblar bilan ham munosabatingizga havas qilsa arziydi. O`zingiz orzu qilgan sayohatga chiqasiz. Undan bir olam taassurotlar

bilan qaytasiz. Muhimi, barcha imkoniyatlardan unumli foydalaning. Dam olish kunlarini oilangiz

davrasida o`tkazing.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1