1

O`zbekiston turizmdan yiliga 15 milliard dollar ishlab topishi mumkin.

Iqtisodiyot 04.04.2018, 16:54
O`zbekiston turizmdan yiliga 15 milliard dollar ishlab topishi mumkin.

O`zbekiston turizmdan yiliga 15 milliard dollar ishlab topishi mumkin. Bu ma`lumotni O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi maslahatchisi turkiyalik Sodiq Badak “O`zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tdi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

“Statistika bo`yicha, dunyoda 4 milliard kishi sayyohdir. Ularning ko`pchiligi o`z safarini 4 kundan 14 kungacha davom ettiradi. Aynan ular bilan qiziqishimiz lozim. Agar juda bo`lmaganda 15 million mehmonni jalb eta olsak, daromad yiliga 15 milliard dollarni tashkil etadi”, — dedi Sodiq Badak.

Shuningdek, maslahatchi yil davomidagi infratuzilmalar muhimligini ta`kidlab o`tdi.

“O`zbekiston barcha to`rt mavsumda mehmonlarni qabul qila olishi muhim, ammo buning uchun infratuzilma yaratish lozim. O`zbekiston — Markaziy Osiyo javohiri. Bunday salohiyat minaqadagi boshqa davlatlarda yo`q”, — deya ta`kidladi ekspert.

Turkiyalik mutaxassisning aytishicha, ayni paytda O`zbekiston yiliga 10 million nafargacha turistni qabul qila olishi va bundan 10 milliard dollar ishlashi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1