1

Markaziy bank 100 ming so`mlik kupyura chiqarilishini tasdiqladi

Iqtisodiyot 13.04.2018, 11:55
Markaziy bank 100 ming so`mlik kupyura chiqarilishini tasdiqladi

Markaziy bank yangi kupyura chiqarish rejalashtirilayotganligini tasdiqladi, biroq uning qachon chiqarilishi aniq sanasi noma`lum, deya yozmoqda “Xalq so`zi” nashri.

Yanvar oyi boshida Markaziy Bank 2018 yilgi vazifalar qatorida mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich tangalarga almashtirish va yirikroq nominaldagi banknotalar chiqarishni sanab o`tgan edi.

Mart oyi o`rtalarida Senat 50, 100, 500 so`m nominaldagi yangi namunadagi tangalar, shuningdek, 200 so`mlik yangi tangani chiqarish taklifini ma`qulladi. Biroq banknota haqida so`z yuritilmagan.

Shu munosabat bilan “Spot” internet nashri Markaziy bankka murojaat qildi va Markaziy bank raisining birinchi o`rinbosari Timur Ishmetovdan javob oldi.

Javobda 2018 yil davomida yirikroq nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotganligi ma`lum qilingan.

Unda, shuningdek, o`rnatilgan tartibga ko`ra, banknotalar namunalari va ularning dizaynlari Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi, yangi kupyurani chiqarish bir qator tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishi ta`kidlanadi.

Markaziy bank ayni paytda yangi kupyuralar chiqarilishi aniq sanasini ma`lum qila olmasligi ta`kidlanadi. Muddatlar aniqlanganda, mazkur ma`lumot Markaziy bank rasmiy saytiga joylashtiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1