iPhone 6 taqdimoti kechiktirilishi mumkin

Hi-tech 05.08.2014, 10:05
iPhone 6 taqdimoti kechiktirilishi mumkin

Xitoydagi mettalurgiya zavodi portlashi sababli Apple’ning iPhone 6 smartfoni taqdimoti kechiktirilishi mumkin. Bu haqda TechWeb nashri xabar bermoqda. Ushbu zavod portlashi oqibatida 75 kishi halok bo`lgan.

Xabarda yozilishicha, ushbu portlashdan so`ng, Xitoy hukumati barcha zavodlarda global tekshiruvlar o`tkazishni buyurgan.

Shu qatorda iPhone’ning yangi modelini ishlab chiqarish bilan shug`ullanayotgan, Foxconn markasi ostida faoliyat olib boruvchi Hon Hai Precision Industry kompaniya zavodi ham tekshiriladi. Ushbu zavodda smartfonning ko`pgina detallari ishlab chiqariladi.

iPhone 6 taqdimoti joriy yil kuzning boshida o`tkazilishi rejalashtirilgandi. Hozircha, Apple ushbu vaziyatga hech qanday izoh bermadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1