1

O`zbekiston bilan Belarus o`rtasidagi aloqalar barcha sohalarda faol tus oldi

Siyosat 13.09.2018, 15:23
O`zbekiston bilan Belarus o`rtasidagi aloqalar barcha sohalarda faol tus oldi

Ko`ksaroyda O`zbekiston va Belarus Prezidentlarining keng doiradagi muzokaralari boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoev va Aleksandr Lukashenkoning avvalgi muloqotlari, samarali hamkorlik borasidagi qat`iy intilishi natijasida O`zbekiston bilan Belarus o`rtasidagi aloqalar barcha sohalarda faol tus oldi.

Parlamentlararo hamkorlik mustahkamlandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegasiyasi tashrif bilan Belarus Respublikasida bo`ldi.

Shu yil avgust oyida Toshkentda O`zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o`rtasida hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya majlisi muvaffaqiyatli o`tdi.
Mashinosozlik, farmasevtika, engil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo`jaligi, turizm kabi sohalarda qo`shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ishbilarmon doiralar va etakchi korxonalarning biznes aloqalari mustahkamlanmoqda.

Keyingi ikki oyda mamlakatimizning barcha hududlari vakillari Belarusga tashrif buyurib, hamkasblari bilan hamkorlik o`rnatdi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommmunikasiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr amashildi. Prezidentlar ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini, buning uchun intellektual, texnologik, mehnat resurslari borligini va, eng muhimi, o`zaro intilish yuqoriligini ta`kidladi.

Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirlar va hududlar rahbarlari hamkorlik uchun istiqbolli loyihalarni taklif qildi.

O`zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o`rtasida hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaga tovar ayirboshlashning yuqori sur`atini ta`minlash, yaqin yillarda uni bir milliard dollarga etkazish vazifasi qo`yildi.

Hududlararo aloqalarni keng yo`lga qo`yish, xususan, mashinasozlik, to`qimachilik, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, meva-sabzavotni qayta ishlash, farmasevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlarda kooperasiyani rivojlantirishga kelishib olindi. Qo`shma korxonalar tashkil etib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish zarurligi ta`kidlandi.

O`zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilish masalasi ham ko`rib chiqildi.

Sog`liqni saqlash, fan va texnologiyalar, oliy ta`lim, madaniyat sohalarida hamda fanlar akademiyalari o`rtasida hamkorlik bo`yicha ham kelishuvlarga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1