1

​“O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati "ONGS Videsh" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o`tkazdilar

Iqtisodiyot 18.09.2018, 10:55
​“O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati "ONGS Videsh" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o`tkazdilar

Avvalroq, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Hindiston xukumatlararo komissiyasining 11-yig`ilishi doirasida joriy yilning 16-17 avgust kunlari Toshkentda “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida Hindiston kompaniyalari vakillari bilan sarmoyaviy hamkorlikni o`rnatish bo`yicha uchrashuvlar bo`lib o`tgan edi.

Hozirgi uchrashuv 15 sentyar kuni bo`lib o`tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha keyingi qadamlar muhokama etildi.

Xorijiy delegasiya tarkibiga bosh vise-prezident, “ONGC Videsh” rahbari Paxi Ajit Kumar, bosh menejer va geologiya bo`limi boshlig`i Jozef Tatacheri Bobbi va geofizik Amit Kumar kirgan.

Uchrashuvda “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Ulug`bek Sayidov kompaniya ushbu uchrashuvga Hindistonning neft va gazni qidirish va ishlab chiqarish bo`yicha yirik kompaniyasi hisoblanmish “ONGS Videsh” kompaniyasi bilan biznes aloqalarni o`rnatish imkoniyati sifatida katta ahamiyat berayotganini ta`kidladi.

O`z navbatida Paxi Ajit Kumar “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga ushbu uchrashuvni tashkillashtirgani uchun minnatdorchilik bildirib, o`zbek tomoni bilan samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Hindiston delegasiyasi a`zolari bugungi kunda O`zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida biznesni rivojlantirish va xorijiy investorlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko`lamli islohotlarga yuqori baho berdilar.

Hindiston tomoni O`zbekiston Respublikasi hududida geologik-qidiruv ishlariga mo`ljallangan investisiya loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdorligini bildirdi. Paxi Ajit Kumar janoblari Hindiston tomonining “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan investision loyihalarni o`rganishga tayyorligini ta`kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama samarali hamkorlikni yo`lga qo`yishga umid bildirdilar.

Muzokaralardan so`ng “ONGS Videsh” kompaniyasi delegasiyasi Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutiga tashrif buyurdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1