1

Dehlida O`zbekiston – Hindiston biznes forumi boshlandi

Iqtisodiyot 28.09.2018, 16:10
Dehlida O`zbekiston – Hindiston biznes forumi boshlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning davlat tashrifi arafasida Dehlida O`zbekiston – Hindiston biznes forumi bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

Mamlakatimiz vazirlik va idoralari, yirik tashkilotlari va ishbilarmon doiralaridan iborat O`zbekiston delegasiyasidan 200 ga yaqin vakillar ishtirok etmoqda. Biznes forum yakunida iqtisodiyotning muhim sohalarida qator shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki mamlakat biznes doiralarining hamkorligi uchun samarali maydon bo`ladigan O`zbekiston-Hindiston ishbilarmonlik kengashini tashkil etish ko`zda tutilgan.

Biznes forum doirasida Made in Uzbekistan ko`rgazmasi ochiladi.

Shu kunlarda Dehlida madaniy-gumanitar va akademik sohalarga oid tadbirlar, investisiya taqdimotlari va biznes forumlar o`tkazilayotganligini ta`kidlash lozim.

Xususan, "Hindiston – O`zbekiston: madaniyatlar muloqoti" qo`shma ko`rgazmasi Hindiston milliy muzeyida ochilgan bo`lib, bir oy davom etadi. Shuningdek, Dehli, Noida va boshqa shaharlarda O`zbek madaniyati kunlari, O`zbek kinosi kunlari o`tkazildi. Hindistonning uchta etakchi tadqiqot markazlarida senatorlar, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi, O`zbekiston tadqiqot institutlari vakillaridan iborat O`zbekiston delegasiyasi ishtirokida davra suhbatlari o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1