AsosiyIqtisodiyot

ETTB delegasiyasi Markaziy bankka tashrif buyurdi

'ETTB delegasiyasi Markaziy bankka tashrif buyurdi 'ning rasmi

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi Markaziy bankka tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda MB axborot xizmati.

19 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Markaziy bank vakillari ETTBning mahalliy valyuta va kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori Andre Kuusvek boshchiligidagi Evropa taraqqiyot va tiklanish banki delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuv davomida respublikada kapital bozori rivojlanishi, shuningdek makroiqtisodiy modellash va prognozlash bo`yicha Markaziy bankka texnik ko`mak ko`rsatish yuzasidan bir qator mavzular muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar