Applening nodir kompyuteri 905 mingga sotildi

Hi-tech 23.10.2014, 09:49
Applening nodir kompyuteri 905 mingga sotildi

Birinchi ishlab chiqarilgan kompyuterlar partiyasiga oid Apple-1 Nyu-Yorkda o`tkazilgan Bonhams auksionida 905 ming dollarga sotildi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

Ushbu noyob qurilma 1976 yilning yozida Apple asoschisi Stiv Voznyak tomonidan Stiv Jobs oilasiga tegishli garajda yig`ilgan 50 kompyuterlaridan biri hisoblanadi.

Kompyuter ishchi holatda sotilgan. Auksion tashkilotchilari qurilmaning 300-500 ming dollarga sotilishini taxmin qilishgandi, biroq narx juda ko`tarilib ketdi. Hozircha xaridorning kimligi aytilmayapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1