AsosiyJamiyat

Samarqandda akasiga o‘q uzgan shaxs ushlandi

Narpay tumanida ariqdan suv o‘tkazish masalasida chiqqan janjal qotillik bilan yakunlandi.

'Samarqandda akasiga o‘q uzgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Fermer xo‘jaligi hududida uka o‘z akasini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirgan.

2026 yil 12 fevral kuni soat 11:30 larda Narpay tumani “Ho‘jakarzon” mahallasida joylashgan “Asilbek oltin baliqlari” fermer xo‘jaligida aka-uka o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, A.Saidov ariqdan suv o‘tkazish masalasida akasi U.Saidov bilan tortishib qolgan va janjal vaqtida o‘ziga tegishli “IJ-18” rusumli ov quroli bilan unga bir marta o‘q uzgan.

Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi og‘ir o‘qotar jarohatlari oqibatida tashqi qon ketishidan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 12 fevral kuni Narpay tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga muvofiq ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar