AsosiyHi-tech

Hayratlanarli darajada qimmat smartfonlar va qurilmalar

Agar siz millionlaringizni qaerga sarflashni bilmay o`tirgan bo`lsangiz  sizga quyidagi qimmatbaho smartfon va qurilmalar bilan tanishishni tavsiya qilamiz:

1. Bethune Dream Watch IV — 121 000 dollar. Titandan qilingan, iPhone 4 uchun mo`ljallangan g`ilof. Unda 18 karatli oq oltin ishlatilgan. U 12 donagina ishlab chiqarilgan.

2. FALCON SuperNova iPhone 6 - 48 500 000 dollar. Unda pushti olmos o`rnatilgan. Shu bois u eng qimmat iPhone 6 smartfoni hisoblanadi. Yana uning to`q sariq va ko`k olmosli turlari ham mavjud.

3. The Dragon va Spider iPhone g`iloflari — 880 000 dollar. Dragon uchun 2200 ta, Spider uchun  2800 ta olmos ishlatilgan. Ularning bittasini yaratish uchun 16 oy sarflanadi.

4. The Million Dollar iPhone g`iloflari — 1 million dollar. Uni yasash uchun 7 oy sarflangan. Unda 24 karatli oltin, 700ta oltin va 50 ta qimmatbaho tosh mavjud.

Manba: parol.uz

    Boshqa yangiliklar