1

Ebola.com internet-domeni 200 mingga sotildi

Hi-tech 27.10.2014, 14:18
Ebola.com internet-domeni 200 mingga sotildi

AQShning Blue String Ventures kompaniyasi tomonidan Ebola.com internet-domeni 200 ming dollarga sotildi. Xaridor tibbiy maqsadlarda marixuannadan foydalanishni targ`ib qiluvchi Weed Growth Fund kompaniyasi, deb yozadi The Independent.

Blue String Ventures kompaniyasi ushbu domenni 2008 yili 13.5 ming dollarga sotib olgan va 6 yil davomida egalik qilgan.  Kompaniya sohibi Jon shulsning so`zlariga ko`ra, ushbu domen bir necha yillardan beri internet-loyihalarni ishlab chiqish va sotish maqsadida foydalanib kelingan.

Ebola.com narxining qimmatligiga sabab Ebola virusining tarqalganligidir. Shu voqea sabab saytga kiruvchilar soni kuniga 5 million nafardan ortib ketgan.

Domenni sotib olgan kompaniya xo`jayini, Nyu-Meksikaning sobiq gubernatori Garri Jonson marixuannini Ebola dorisi sifatida atamasligini aytib o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1