AsosiyJamiyat

"O`zbekkonsert" direktori Jahongir Poziljonovning "Selfi" qo`shig`iga munosabat bildirdi

'"O`zbekkonsert" direktori Jahongir Poziljonovning "Selfi" qo`shig`iga munosabat bildirdi'ning rasmi

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov jurnalistlar ishtirokidagi matbuot anjumanida so`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan va ko`pchilikning noroziligiga sabab bo`lgan “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonovning “Selfi” qo`shig`i haqida fikr bildirdi, deb yozmoqda O`zA.

“Ushbu qo`shiq ”Zo`r“ TV kanali bilan hamkorlikda olingan va keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo`ldi. Prezidentimiz san`atkorlarning reklamasiga muhtoj emas. Davlatimiz rahbarining amaliy ishlari sabab, butun dunyo tan olmoqda. Biz bugun J.Poziljonovga indamasak, ertaga boshqasi ham shunaqa qo`shiq aytib chiqishi mumkin. Kimgadir yaxshi ko`rinishni istayotganlar xalq uchun xizmat qilib, o`z ishini mas`uliyat bilan qilsin”, - dedi muassasa direktori O.Abduqahhorov.

Shuningdek, muassasa rahbari J.Otajonov ijrosidagi “Qaddi baland-ey” qo`shig`iga ishlangan videoklipda ham milliyligimizga mos bo`lmagan kadrlar borligini aytib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar