Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navo qanday?

Iqtisodiyot 25.02.2019, 17:14
Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navo qanday?

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navoni o`rganishni davom ettiradi.

O`zA respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2019 yil 25 fevral holatidagi narxlarini e`lon qildi.

MOL GO`ShTI

28 000 so`mdan - 40 000 so`mgacha

Eng arzon narx “Qo`yliq” dehqon bozori, “Chorsu” dehqon bozori, “Farxod” dehqon bozori (barchasi Toshkent) va Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go`shtining narxi 28 000 so`mdan 40 000 so`mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go`shti uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Yunusobod, Mirobod, Xorazmning Urganch markaziy dehqon bozori va Andijondagi Yangi shahar bozorida qayd etilgan – 33 000 - 40 000 so`m.

QO`Y GO`ShTI

28 000 so`mdan - 42 000 so`mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo`y go`shti uchun “Farhod“ dehqon bozori, “Chorsu” dehqon bozori va Qoraqalpog`istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu erda siz qo`y go`shtini 28 000 dan 38 000 so`mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx yana o`sha Yunusobod va Mirobod dehqon bozorlari hamda Andijondagi Yangi shahar bozorida kuzatildi – 1 kg. qo`y go`shti 30 000 – 42 000 so`mga.

TOVUQ GO`ShTI

15 000 so`mdan - 21 000 so`mgacha

Eng arzon narx Farg`onadagi markaziy bozorda qayd etildi – 12 000 so`m.

Eng qimmat narxdagi tovuq go`shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 so`m

GURUCh

3 000 so`mdan - 14 000 so`mgacha

Eng arzon narx Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so`m.

E`tiborlisi eng qimmat narx ham aynan shu erda, Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 3 000 – 14 000 so`m.

O`SIMLIK YoG`I

8 500 so`mdan - 12 500 so`mgacha

Eng arzon o`simlik yog`i poytaxtimizdagi “Farhod“ dehqon bozorida qayd etildi. Bu erda siz o`simlik yog`ini 8 500 so`mdan – 11 500 so`mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda, “Mirobod“ dehqon bozori va Qo`yliq dehqon bozorida kuzatildi – 12 500 so`mgacha.

UN

2 200 so`mdan - 4 900 so`mgacha

Eng arzon un Toshkentning “Farhod“ dehqon bozorida bo`lib, uning narxi 1 kg. uchun 2 200 - 4 500 so`m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un uchun narx 1 500 so`mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so`m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo`yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida va Farg`ona Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so`mgacha.

ShAKAR

4 300 so`mdan - 5 200 so`mgacha

Eng arzon narx Farg`ona viloyatidagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 – 5 200 so`mdan.

E`tiborlisi eng qimmat narx ham “Mirobod“ dehqon bozori, Qoraqalpog`iston va Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 4300 - 5 200 so`mdan.

TUXUM

350 so`mdan - 650 so`mgacha

Toshkent shahri bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o`rtacha 450 - 650 so`mdan xarid qilish mumkin.

KARTOShKA

1 100 so`mdan - 3 000 so`mgacha

Eng arzon narx “Chorsu“ dehqon bozorida qayd etildi – 1 100 – 3 000 so`mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham “Mirobod“ dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 - 32 200 so`mgacha.

POMIDOR

5 000 so`mdan – 15 000 so`mgacha

Eng arzon narx Qo`yliq dehqon bozori, “Farhod“ dehqon bozori, “Chorsu“ dehqon bozorlarida kuzatildi – 5 000 so`mdan 15 000 so`mgacha.

Eng qimmat narx esa Andijon viloyatining Yangi shahar bozorida qayd etildi – 18 000 - 20 000 so`mgacha.

XO`JALIK SOVUNI

1 500 so`mdan - 3 200 so`mgacha

Eng arzon narx Farg`onadagi Markaziy dehqon bozorida, Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy bozorida, Namangan shahridagi “Sardoba dehqon bozorida”, hamda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Erqo`rg`on dehqon bozori”da kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo`jalik sovunini 1 500 so`mdan (3 500 so`mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Qoraqalpog`istondagi Nukus shahridagi, Buxoro shahridagi, Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 500 - 3 500 so`mgacha.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1