1

GM Uzbekistan Qozog`istonga Nexia R3 komplektlarni muntazam etkazib beradi

Iqtisodiyot 18.03.2019, 13:00
GM Uzbekistan Qozog`istonga Nexia R3 komplektlarni muntazam etkazib beradi

“16 mart kuni GM Uzbekistan Qozog`istonga avtomobillarning birinchi partiyasini eksport qildi. Kompaniya Kostanay(Qozog`iston) shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida yirik uzatmali yig`ish uchun Nexia R3, shuningdek, “Ravon Motors Kazaxstan” dileriga tayyor R4 modeli eksportini amalga oshiradi”, - deya ma`lum qildi GM Uzbekistan.

Bundan tashqari, kompaniya yil boshidan buyon Afg`oniston va Tojikistonga avtomobillar eksport qilishni boshladi.

Eslatib o`tamiz, “SariarkaAvtoProm” korxonasida 2017 yildan Ravon Nexia R3 sedanini yig`ish yo`lga qo`yilgan edi. Uning quvvatiga yiliga 3 mingga yaqin avtomobilga teng. Istiqbolda ushbu ko`rsatkichni oshirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1