O`zbekistonlik fitnes model Rushana Maksumova bodibilding bo`yicha jahon chempionatida oltin medalni qo`lga kiritdi.
Bu haqda O`zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federasiyasi o`zining Feysbuk ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasida ma`lumot berdi.
“5-11 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chedjudo orolida bodibilding va fitnes bo`yicha 11-chi jahon chempionati o`tkazildi. Unda O`zbekiston terma jamoasi eng ko`p – 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo`lga kiritdi”, – deyiladi xabarda.
Rushana Maksumova oltin medal va “30 yoshdan katta yoshdagi toifadagi fitnes-model” toifasida jahon chempioni unvoniga sazovor bo`lgan.