AsosiyJamiyat

Toshkentda bir haftada 51 nafar mast haydovchi aniqlandi

Toshkent shahar IIBB o`tgan hafta davomida YPX inspektorlari tomonidan qayd etilgan YHQ qo...

'Toshkentda bir haftada 51 nafar mast haydovchi aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB o`tgan hafta davomida YPX inspektorlari tomonidan qayd etilgan YHQ qoidabuzarliklari to`g`risida ma`lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, avtomatlashtirilgan kameralar tomonidan qoidabuzarliklar qayd etilishi, mobil radarlar o`rnatilishi, joylarda rasmiylashtirilayotgan ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi bayonnomalar – bularning barchasi natijasida poytaxt haydovchilarida yo`llarda o`zini tutish madaniyati darajasi o`sib bormoqda.

2019 yilning 4 dan 10 noyabrgacha IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Yo`l harakati qoidalari buzilishi bilan bog`liq 9 021 ta faktlar qayd etildi, shulardan 1920 tasi – qo`pol qoidabuzarliklardir. 

Umumiy statistikaning ba`zi raqamlari bilan taqdim etilgan jadvalda tanishib chiqish mumkin.

 

Boshqa yangiliklar