Minskda Ravon brendi avtomobillarining Belarus Respublikasida savdoga chiqarilishi munosabati bilan tantanali taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Ravon Belarus bozoriga uchta taniqli Ravon R2, Ravon R3 hamda Ravon R4 modellarini taqdim etdi.
Avval xabar qilinganidek, 25 oktyabr kuni O`zbekistondan Minskgacha to`g`ri ishlab chiqarish liniyasidan olingan Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillarida yirik Toshkent-Minsk yirik avtopoygasi start oldi.
Poyganing maqsadi Belorus iste`molchilar bilan do`stona aloqalarni o`rnatish va O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini namoyish etishdan iborat edi. Poyganing 7 000 km.lik yo`nalishni o`z ichiga olib, O`zbekiston tog`lari Qozog`iston dashtlari hamda Rossiya o`rmonlarini o`z ichiga oldi. 14 noyabr kuni Minskda avtopoygaga yakun yasaldi hamda uning muvaffaqiyatli natijalari hamda Belarus bozorida Ravon brendi savdosi yo`lga qo`yilishi rasman e`lon qilindi.
UzAuto Motors Belarus Respublikasida yangi avtomobillar bozorning 10 foizini egallamoqchi.
Mamlakat iqlimini inobatga olgan holda, UzAuto Motors qo`shimcha ravishda barcha avtomobillarni korroziyaga qarshi aralashma bilan qoplaydi va zangga qarshi 10 yillik kafolat beradi.