«MTS» xodimlari o`z smartfonlarida internet orqali qo`ng`iroqlashish va matnli xabarlar yuborish imkonini beruvchi RCS (Rich Communication Suite) standartini sinovdan o`tkazishni boshladi. Bu haqda kompaniya vakili Dmitriy Solodnikovga tayanib, «Vedomosti» xabar berdi.
Oddiy abonentlar uchun ushbu standart 2015 yil iyunida ochilishi ko`zda tutilgan, dastlab u faqat Moskvada mavjud bo`ladi. «MTS» tarmog`i ichida qo`ng`iroq qilish va xabar jo`natish bepul bo`ladi, boshqa operatorlar tarmog`iga chiqish oddiy qo`ng`iroq va SMSlar kabi tariflanadi.
Yangi servis uchun «MTS» 100 million rubldan ortiq investisiya kiritdi.
RCS dasturini Android va iOS boshqaruvidagi smartfonlarga yuklab olish mumkin bo`ladi.





