AsosiyJamiyat

Zokirjon Almatov o`zi haqida yozgan kitobini Koson tumani hokimiga yubordi

Koson tumanida “Eng kitobxon maktab” loyihasining taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda R...

Koson tumanida “Eng kitobxon maktab” loyihasining taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda Respublika kitob markazi direktori Shuhrat Oxunjonov qatnashdi.

Ma`lum qilinishicha, loyiha doirasida eng ko`p kitobni Koson tumani sotib olgan.

Shuhrat Oxunjonov Koson tumani hokimi Asrol Boykaraevga Ichki ishlar vaziri maslahatichisi lavozimida ishlab kelayotgan Zokirjon Almatovning sovg`asi “Bir umrlik jasorat” nomli kitobini sovg`a qildi.

Ma`lumotga ko`ra, Zokirjon Almatov o`zi haqida yozilgan kitobni Shuhrat Oxunjonov orqali Koson tumani hokimi Asrol Boykaraevga yuborgan.

Boshqa yangiliklar