AsosiyJamiyat

Ertaga vodiyning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar bo`ladi

'Ertaga vodiyning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar bo`ladi'ning rasmi

Ertaga, 10 dekabr kuni Farg`ona va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati ma`lum qildi.

FARG`ONA VILOYaTI

“Farg`ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuqori kuchlanishli “L-Toshxovuz” 35kVli havo uzatmasida joriy ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli, Quva tumanining “Toshxovuz”, “Go`zal”, “Turk rovot”, “Xo`ja Xasan”, “Muydin Xasan”, “Quva”, “Do`stlik, “Madaniyat”, “Xonobod”, “Pastki Xonobod” MFYlarda soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi etkazib berilishida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Shuningdek, Quva tumanidagi 110/35/10 «Bahor» nimstansiyasida rele himoyalarini tekshirish ishlari olib borilishi sababli, nimstansiyadan chiquvchi 10 kVli “O`raboshi” hamda “Uchtol” havo uzatmalari orqali elektr energiyasi bilan ta`minlanuvchi “Dehqonobod”, “Bahor”, “Yangiobod” MFY hududlarida ham elektr energiyasi berilishi vaqtincha to`xtatiladi.

Yozyovon tumanida “Obod qishloq” davlat dasturi ijrosi yuzasidan №43 hamda №479-sonli transformator punklarining yukini engillashtirish maqsadida o`rnatilgan yangi transformatorlarga 0,4 kVli yangi tarmoq tortilishi sababli, “Takalik”, “Ishtirxon” MFYlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi etkazib berilishida vaqtincha uzilish bo`ladi.

Marg`ilon shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2661-sonli qarori ijrosi bo`yicha №53-sonli transformator punktidan chiquvchi tarmoqda montaj, demontaj ishlari amalga oshirilishi sababli, “Surxtepa” MFY hududi vaqtincha elektr energiyasidan uzib qo`yiladi.

NAMANGAN VILOYaTI

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning yillik elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta`mirlash rejasiga asosan hamda iste`molchilarga kuz-qish mavsumida elektr energiyasini rejim bo`yicha etkazib berilishini ta`minlash va elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida, viloyatning:

- Namangan shahridagi 110/6 kVli “Oydinko`l” va 110/6 kVli “Sho`ro” nimstansiyalarida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi natijasida shahardagi “Sohibkor”, “Gulpora”, “Yangi Qurilish”, “Ilg`or”, “Amir Temur”, “Madaniy-Maorif”, “Yakka Sada” va “Yangi Hayot” MFYlari hududlarida;

- Pop tumanidagi 110/35/6 kVli “Uyg`ursoy” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumandagi “Turkiston” MFY hududlarida;

- Uychi tumanidagi 110/35/10 kVli “Kapteks” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumandagi “Oqtosh”, “Tepasaroy”,  “Bog`” “Yangichek”, “Umid”, “Qo`rg`oncha” va “Navoiy” MFYlar hududlarida;

- Uchqo`rg`on tumanidagi 110/35/10 kVli “Qo`g`ay” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumanning “Qo`g`ay”, “Na`muna”,  “Islomobod”, “Uchyog`och”, “Nurobod”, “Sharxochek”, “Istiqbol”, “Qo`g`ay O`lmas”, “Baxriobod” va “Yorqinboychek” MFYlar hududlarida;

- Chust tumanidagi 110/35/10 kVli “Olmos” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumanning “Buloqboshi”, “Toshqo`rg`on” va “Mashhad” MFYlar hududlarida;

- Yangiqo`rg`on tumanidagi 110 kVli “Iskovot-2” elektr uzatish havo tarmog`ida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi natijasida tumanning “Poromon”, “Oqtepa”, “Madaniyat” va “Xadikent” MFYlar hududlarida soat 08:00 dan soat 17:00 ga qadar elektr energiyasi etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.

Mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar