AsosiyJamiyat

Angrenda 2 bosh qo`y 2,9 mln. qalbaki pulga sotildi

'Angrenda 2 bosh qo`y 2,9 mln. qalbaki pulga sotildi'ning rasmi

 

Angrenda fuqaroning 2 bosh qo`ylari evaziga 2,9 mln. so`m qalbaki pul bergan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angren shahrida joylashgan mol bozorida 2 nafar noma`lum shaxslar fuqaro E.A.ni aldab, 2 bosh qo`ylarini 2,9 mln. so`mga sotib olishga kelishib, unga 1 dona 100 ming so`mlik va 57 dona 50 ming so`mlik kupyuradagi qalbaki pullarni o`tkazib, 2 bosh qo`ylarini qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar