1

Ilhomjon Ne`matov: "O`zbekiston siyosiy va iqtisodiy izolyasiyadan to`la xalos bo`ldi"

Iqtisodiyot 14.02.2020, 17:54
Teglar: O`zbekiston, izolyasiya
Ilhomjon Ne`matov: "O`zbekiston siyosiy va iqtisodiy izolyasiyadan to`la xalos bo`ldi"

Bugun, 14 fevral kuni Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhomjon Ne`matov ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar qildi.

Anjuman O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil yakunlari va Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda belgilangan joriy yilgi ustuvor yo`nalishlarga bag`ishlangan bo`lib, unda 2019 yilda amalga oshirilgan oliy darajadagi tadbirlar va erishilgan natijalar haqida ma`lumot berildi.

Qayd etilishicha, o`tgan yilda 18 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgan. Shundan 11 tasi davlat rahbarining chet ellarga, 7 tasi esa O`zbekistonga yuqori darajadagi tashriflardir. Ularda 122 ta turli sohalarda bitimlar imzolandi. 15 xalqaro biznes, investisiyaviy forumlar tashkil etildi.

Shuningdek, mamlakatimizda 4 ta nufuzli xalqaro tadbirlar o`tkazilgani aytildi.

Anjumanda Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov O`zbekiston siyosiy va iqtisodiy izolyasiyadan to`la xalos bo`lib, mamlakatimizdan Markaziy Osiyo mintaqasida integrasiya uchun to`siq, degan tamg`a olib tashlanganini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1