1

O`zbekistonda go`sht, guruch, tuxum va boshqa mahsulotlar narxi ko`tarildi

Iqtisodiyot 13.03.2020, 18:39
Teglar: bozor, guruch, tuxum
O`zbekistonda go`sht, guruch, tuxum va boshqa mahsulotlar narxi ko`tarildi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonda bir oydan kam muddat ichida go`sht narxi o`rtacha  5 foizga, tuxum va guruch narxi esa deyarli 30 foizga oshgan

Qo`y go`shti — minimal narxi Toshkent shahrining Qo`yliq va Mirobod dehqon bozorlarida 39 000 so`m, maksimal narxi Oloy dehqon bozorida 70 000 so`mni tashkil etgan.

Mol go`shti — lahmdan tashqari, 1 kg. o`lchovdagi minimal narxi Toshkentning Eski jo`va dehqon bozorida 36 000 so`m, Oloy va Mirobod dehqon bozorida esa 60 000  so`m maksimal narxlarda kuzatilgan.

Shakar — minimal narxi Navoiyning “Saxovat”, poytaxtimizning Farhod, Mirobod, Eski Jo`va, Qo`yliq va Oloy dehqon bozorlarida 5500 so`mdan qayd etilgan.

Maksimal narxlari esa Nukus shahrining markaziy dehqon bozori, Andijonning Yangibozor dehqon bozori, Andijon shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri markaziy dehon bozorida 6500 so`mdan kuzatilgan.

Shuningdek, Jizzaxning “Eski shahar dehqon bozori”, Termizdagi “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda poytaxtimizdagi Oloy dehqon bozorlarida ham shakarning ushbu maksimal narxda ekanligi aniqlangan.

O`simlik yog`i — minimal narxi Toshkentning Eski Jo`va hamda Qo`yliq dehqon bozorlarida 8400 so`m, maksimal narxi Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”, Toshkentning Eski Jo`va, Oloy, Farhod va Mirobod dehqon Bozorlarida 13 500 so`m bo`lgan.

Guruch — “Nukus” navli guruch Nukus dehqon bozorida minimal 3800 so`m, “Lazer” navli guruchning maksimal narxi esa Toshkentning Oloy, Mirobod dehqon bozorlarida 18 000 so`mga chiqqan.

Tuxum — 10 donasi Yangiyo`l  shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo`l shahar dehqon bozori”, poytaxtning Farhod, Qo`yliq bozorlarida 4000 so`m, “Oloy dehqon bozori”da 10 000 so`mdan sotilgan.

Sabzi —  Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da 700 so`m, Toshkent Oloy dehqon bozorida 4500 so`mdan aniqlangan.

Piyoz — Andijon  shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Damariq dehqon bozorida 1500 so`m minimal narxda bo`lgan.  

Yangiyo`l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo`l shahar dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”da ham piyozning narxi ushbu minimal narxda ekanligi aniqlangan.

Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da esa 4300 so`m maksimal narxda aniqlangan.

Kartoshka — minimal narxi Toshkent Eski Jo`va, Mirobod dehqon bozorlarida 1200 so`m, maksimal narxi esa Oloy dehqon bozorida 6000 so`mdan bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1