1

“O`zbekoziqovqatxolding” karantin paytida oziq-ovqat mahsulotlari taqchil bo`lmasligiga va`da bermoqda

Jamiyat 16.03.2020, 13:37
“O`zbekoziqovqatxolding” karantin paytida oziq-ovqat mahsulotlari taqchil bo`lmasligiga va`da bermoqda

“O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi axborot xizmati tomonidan joylashtirilgan xabarga ko`ra,   mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari taqchil bo`lmaydi.

Ta`kidlanishicha, oziq-ovqat sanoatida 12 mingdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Bugungi kunda ushbu korxonalar o`z rejimida ishlamoqda. Korxonalarning aksariyatida ish 1 smenada tashkil etilgan va quvvatlarning 70 foizidan foydalanilmoqda. Ularda yana qo`shimcha  30 foiz  quvvatni ishga solish va   ishni 2 smenada yo`lga qo`yish imkoniyatlari mavjud.  

 Mamlakatimizda 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlari mahalliylashtirilgan. Deyarli barcha xom ashyo yurtimizda etishtiriladi. Chetdan kakao va qahva donlari,  sitrus mevalar kabi mahsulotlar import qilinadi.  

Eslatib o`tamiz, Davlat soliq qo`mitasi raisi Behzod Musaev  hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib borilishini, nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham taqchillik bo`lmasligini aytgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1