Dehli-Chikago yo`nalishida AI-127 reysini amalga oshirayotgan “ Air India” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi.
Favqulodda qo`nishga yo`lovchilardan birining sog`lig`i yomonlashgani sabab bo`lgan. Samolyotda bo`lgan 86 yoshli ayol yurak hurujiga uchragan. Shunfan so`ng ekipaj eng yaqin muqobil aerodromga borishga qaror qildi.
Soat 06:44 da “ Air India” aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qo`ndi. Yo`lovchi va uning hamrohi tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.
“ Air India” aviakompaniyasi samolyoti hozirda Toshkent aeroportidan uchishga hozirlanmoqda.