1

Havoning isishini kutayotganlar uchun...

Jamiyat 16.03.2020, 15:43
Havoning isishini kutayotganlar uchun...

“O`zgidromet” markazidan xabar berishlaricha, bugun va ertaga yurtimizda juda iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 20-25 daraja, mamlakatimiz shimoli, janubi va cho`l zonasida 26-28 darajagacha isiydi.

Chorshanba kuni ham yurtimizning katta qismida ob-havo avvalgidek yog`ingarchiliksiz bo`ladi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Kaspiy dengizi hududidan nam havo oqimining kirishi sababli kechasi va ertalab ayrim joylarga kuchsiz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati bir oz pasayadi va 18-23 darajani tashkil qiladi.

Payshanba kuni mamlakatimizda ob-havoning quyoshli bo`lishi va haroratning 23-25 darajagacha ko`tarilishi kutilmoqda.

Juma va shanbada O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududidan yana nam havo oqimi kiradi. Natijada shimoli-g`arbiy va janubi-g`arbiy tumanlarda 20 mart kuni, markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda 21 mart kuni ayrim joylarga yomg`ir yog`adi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Shu kunlarda havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1