AsosiyJamiyat

Universitetga kirishda minimal o`tish ballari o`zgardi

'Universitetga kirishda minimal o`tish ballari o`zgardi'ning rasmi

Oliy ta`lim tizimida bir qator o`zgarishlar joriy qilinmoqda. Bu yildan universitetga kirish imtihonlaridan minimal o`tish ballari o`zgardi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligida oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag`ishlangan matbuot anjumanida ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, o`qishga kirish uchun minimal o`tish balini 2 bosqichda oshirib, sog`liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo`nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo`nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo`nalishlar uchun – 56,7 ball).

Shuningdek, ijtimoiy-rag`batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o`qish davri uchun beriladi. Ta`lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o`qishni tugatgandan so`ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha prezident ishtirokidagi yig`ilishda universitetlarsha grant kirishda o`zgarishlar qilinishi aytilgandi. Unga ko`ra, ta`lim granti – talabalarga bir o`quv yili uchun ajratiladi hamda 1kursda o`qishga kirish natijalari bo`yicha, 2kursdan boshlab reyting ko`rsatkichlari bo`yicha eng yuqori ball to`plagan talabalarga ajratiladi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar