1

Darsliklar nashr etishda narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinadi

Iqtisodiyot 17.03.2020, 20:08
Teglar: Ijod fondi, ajratma
Darsliklar nashr etishda narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinadi

“Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4640-son, 16.03.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab darsliklar va o`quv-metodik majmualarni nashr etishda narxlar davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinadi.

2020 yilning 1 iyulidan boshlab noshirlik faoliyatini lisenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblari bekor qilinadi, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganlik haqida vakolatli organni xabardor etish tizimi joriy etiladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab bosma mahsulotlarni sotishdan, shuningdek bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko`rsatishdan tushgan tushumdan “Ijod” fondiga ajratmalar bekor qilinadi.

Qarorga ko`ra, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O`qituvchi” matbaa uyi” davlat korxonalari xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkaziladi.

Shuningdek, “Ko`zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi ushbu agentlikka samarali foydalanish uchun o`tkaziladi.

“O`qituvchi” ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korxonasi va Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining hududiy bo`linmalari tizimidagi (Qoraqalpog`iston Respublikasidan tashqari) nashriyotlar faoliyati tugatiladi.

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tizimida “O`zbekiston nashriyoti” davlat korxonasi tashkil etiladi, unga “Cho`lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti” davlat korxonalari qo`shib olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1