1

Ukraina Prezidenti Zelenskiyga nisbatan qidiruv e`lon qilindi

Dunyo 04.05.2024, 23:06
Ukraina Prezidenti Zelenskiyga nisbatan qidiruv e`lon qilindi

Rossiya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qarshi jinoiy ish ochdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlar bazasida Ukraina etakchisi Vladimir Zelenskiy qidirilayotgani haqida ma`lumot paydo bo`ldi.

“Qidiruv uchun asoslar: Jinoyat kodeksining moddasi bo`yicha qidiruvga berilgan”, — deyiladi Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlar bazasida.

Zelenskiy Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining aynan qaysi moddasi bo`yicha qidiruvga berilgani ochiqlanmagan.

2023 yilning 17 mart kuni Xalqaro Gaaga sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi.

“Rossiya prezidenti, aholini (bolalarni) noqonuniy deportasiya qilish va Ukrainaning bosib olingan hududlaridan Rossiya hududiga aholini (bolalarni) noqonuniy ko`chirish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgardir”, — deyiladi Gaaga sudi bayonotida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1