1

Andijonda 8 yoshli qizaloqni poezd urib yubordi

Jamiyat 04.05.2024, 23:11
Andijonda 8 yoshli qizaloqni poezd urib yubordi

Andijonda 8 yoshli qizaloqni poezd urib yubordi. Poezd harakatlanayotgan vaqtda qizaloq nazoratsiz qoldirilgan.

Andijon viloyatida poezd urib yuborgan 8 yoshli qizaloqning ahvoli o`ta og`irligi aytilmoqda. Bu haqda «Bu kun» dasturida xabar berildi.

Ma`lum qilinishicha, holat 28 aprel kuni soat taxminan 16:30 larda Andijon tumanining «Do`ngqishloq» mahallasi hududidan o`tuvchi Xonobod—Andijon yo`lovchi tashuvchi poezd yo`lida sodir bo`lgan. Poezd harakatlanayotgan vaqtda nazoratsiz qoldirilgan 2016 yilda tug`ilgan qizaloqni urib yuborgan.

Qizaloq boshidan jarohat olib, hushsiz holatda zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan. Unga jarrohlik amaliyoti ko`rsatilib, davo muolajalari olib borilmoqda. Hozirda ahvoli o`ta og`ir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1