AsosiyMadaniyat

O`zbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

'O`zbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Chori baxshi yarim asrdan ziyod o`zining sehrli ovozi va sozi bilan el olqishiga sazovor bo`lgan baxshi sifatida Sherobod dostonchilik maktabiga mansub yosh baxshilarga o`z ijodidagi dostonlarni o`rgatib, ustozlik qilib kelmoqda edi.

Xalqimizning an`anaviy baxshichilik san`atini qayta tiklash va keng targ`ib etish, o`sib kelayotgan yosh avlodga ushbu noyob san`at sirlarini o`rgatishda, xalqimiz kelajak avlodlarga o`zining yaratgan dostonlarini meros qilib koldirish yuzasidan olib borgan xizmatlari uchun 2017 yilda davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga «O`zbekiston Xalq baxshisi» unvoni berilgan.

Tahriyatimiz nomidan marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bidiramiz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar