1

Qarzdorning mulki xatlangach, 250 million so`mni to`lab berdi

Iqtisodiyot 18.03.2020, 18:12
Teglar: qarzdorlik, mulk, MIB
Qarzdorning mulki xatlangach, 250 million so`mni to`lab berdi

Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo`limi ish yurituvidagi, Urganch  shahar Iqtisodiy sudining 2019  yil 12 dekabrdagi ijro varag`iga asosan qarzdor “Xorazm yo`l qurilish” UKdan belgilangan qarzdorlik undirildi. 

Bu mablag` 10 ta xo`jalik sub`ektlari bo`yicha 613 mln. so`mlik,  shundan 405 mln. so`m soliq va boshqa majburiy to`lovlar bo`lib, ularni undirish uchun tegishli Qonunning 251-moddasi tartibida davlat ijrochisi tomonidan ancha oldin ijro harakatlariga kirishilgan.

Biroq, qarzdor “Xorazm yo`l qurilish” UK mansabdor shaxslari bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan, o`z qarzini to`lamagan. Keyin qarzdorlarga tegishli mol-mulklar xatlab, hisob-kitob qilindi. Natijada “Kamaz”, “TTZ-80.10” rusumli traktor va “PTS 4-793 A” rusumli tirkamalar xatlanib, qarz o`rniga tortib olinadigan bo`ldi.  

Mazkur xatlangan transport vositalaridan “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi 58,2 mln. so`mga xatlanib, “E-IJRO” auksion savdolariga qo`yildi.  

Qonun talablari qat`iy choralar asosida amalga oshirilishini tushungan korxona mansabdor shaxslari Urganch shahar DSI foydasiga mavjud qarzdorlikdan 250 mln. so`mlik soliq qarzdorligini bartaraf qilishdi. Qolgan qarzdorliklar bo`yicha tegishli choralar ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1