1

Narxlarning oshirilmasligi bevosita nazorat qilinmoqda

Iqtisodiyot 18.03.2020, 18:42
Teglar: narxlar, bozor, Departament, soliq
Narxlarning oshirilmasligi bevosita nazorat qilinmoqda

Karantin davrida osoyishtalikni ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat Davlat soliq boshqarmasi oziq-ovqat va birlamchi iste`mol mahsulotlari narxlarini qat`iy nazoratga oldi. Bu haqda Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda viloyat DSB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ayrim insofsiz tadbirkorlik sub`ektlari va noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqarolar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo`l qo`ymaslik uchun Departamentning shahar, tuman bo`limlari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari xodimlaridan iborat narxlarning o`zgarishi ustidan nazorat qilish bo`yicha maxsus ishchi guruhlari tashkil etildi. 

Hozirda hududlarda aniqlangan narxlarning asossiz oshirilishi holatlari haqida zudlik bilan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va viloyat davlat sodiq boshqarmasi boshliqlariga axborot berilmoqda. Ularning har biri bo`yicha profilaktik tadbirlar o`tkaziladi, deyiladi xabarda. 

Shuningdek mas`ullar agarda fuqarolarda oziq-ovqat va birlamchi iste`mol mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishiga doir ma`lumotlar bo`lsa Xorazm viloyat DSBning (62) 223-10-10 “ishonch telefoni” va departamentning (62) 228-50-20 yoki qisqa 1198 raqamli Sall-markazga murojaat qilishini so`raydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1