1

Toshkentda bir kunda uch nafar fuqaro doridan zaharlanib shifoxonaga tushdi

Salomatlik 27.03.2020, 18:09
Teglar: dori, shifokor
Toshkentda bir kunda uch nafar fuqaro doridan zaharlanib shifoxonaga tushdi

24 mart kunining o`zidayoq poytaxtning uchta tumanida fuqarolar dori vositalarini qabul qilgach tibbiy yordam uchun murojaat qilganliklari qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi

Jumladan 24 mart kuni soat 16.00 da 34 yoshli S.R. “Glisin” dorisidan ikkita tabletka qabul qilib, o`zini yomon his qila boshlagach, shifoxonaga murojaat qilgan.

Shu kunning o`zida taxminan soat 16.30 da  “Dimedrol” tabletkalaridan ikki dona qabul qilgan 33 yoshli M.T. shfoxonaga murojaat qiladi.

Soat 17.40 da esa Sergeli tumanida yashovchi 30 yoshli M.Z. “Ketotifen” dori vositasidan ikkita tabletka qabul qilib, ahvoli yomonlashgach shifokorlarga murojaat qilgan.

Ularga tibbiyot xodimlari tez yordam ko`rsatib, salomatligini tiklashga yordam berdi. Ammo bilib-bilmay o`ziga dori tavsiya qilish, tez ta`sir qilsin deya dozassini oshirish bundan-da noxush hodisalarga olib kelishi mumkin edi. Shu sabab dori vositalarini qabul qilishda e`tiborli bo`lish, ularni faqatgina shifokor tavsiyasiga ko`ra belgilangan miqdorda qabul qilish talab etiladi. Internet yoki reklamadan orttirgan “bilimingizga” tayanib o`zingizni "davolamang", deyiladi IIBB xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1