AsosiySalomatlik

Semirib ketmaslikning 5 ta muhim qoidasi

'Semirib ketmaslikning 5 ta muhim qoidasi'ning rasmi

Kam harakatlik, genetik omillar, endokrin kasalliklar, noto`g`ri ovqatlanish yoki psixologik buzilishlar hamda stresslarga beriluvchanlik sababli so`nggi yillarda dunyo miqyosida ortiqcha vazn va semizlik jiddiy muammoga aylandi.  

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining statistik ma`lumotlariga ko`ra, yurak qon-tomir kasalliklari er yuzida o`limning asosiy sababchisi bo`lib, aynan semizlik uning rivojlanishiga olib keladi.

Xo`sh, bu muammoning oldini olish uchun nima qilish lozim?  

Sog`liqni saqlash vazirining Matbuot kotibi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo`lim boshlig`i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirovaning sog`lom ovqatlanishning muhim qoidalari haqida ma`lumotlarini taqdim etdi. 

1-qoida. Kunda 3 mahal asosiy ovqatlanish shart: 

Nonushta; Tushlik; Kechki ovqat.

Asosiy taomni imkon boricha, qorin ochmasdan bir vaqtda iste`mol qilish kerak. Shuningdek, asosiy ovqatdan avval 1 stakan suv ichish lozim.

2-qoida.  

Suv ichgandan so`ng va asosiy ovqatdan avval xom sabzavotlar (pomidor, bodring, karam, rediska, bulg`or qalampiri, qizil sabzi, turp, salat bargi va boshqa ko`katlar)ni alohida yoki salat ko`rinishida iste`mol qiling. Salatga uyda tayyorlangan mayonez, qatiq/sho`r bo`lmagan suzma yoki zaytun, kungaboqar moyi va limon sharbati qo`shish mumkin.

3-qoida.  

Asosiy ovqatdan so`ng 2 soat oralig`ida 30 daqiqagacha jismoniy yuklama (1 soniyada 2 qadam tashlab piyoda yurish yoki velosiped haydash yoki shunga o`xshash jismoniy faollik) bo`lishi shart.

4-qoida.

Ho`l mevalarni kunning birinchi yarmida asosiy ovqatdan 2 soat keyin iste`mol qilish maqsadga muvofiq.

5-qoida.

Agarda uyquga ketishdan avval qorin ochsa, suvda qaynatilgan 2 ta tuxum oqi yoki 50-100 gramm atrofida oq go`sht (tovuq, kurka to`sh go`shtlari) yoki yarim stakan yog`siz qatiq/kefir iste`mol qilish mumkin. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar