Ma`lumki, 30 martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va haraktlanishiga ruxsat berildi.
Ammo bu shahrimizga oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari olib kirilmaydi degani emas, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Bugun shahrimizning ko`plab bozorlari va do`konlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir.
Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari etarli ekanligini, bozor va do`konlar bunday mahsulotlar bilan muntazam ta`minlanishini ma`lum qilamiz.
Faqat zaruratga ko`ra ko`chaga chiqing, odamlar bilan oraliq masofani saqlang, sanitariya-gigiena talablariga rioya eting va bu bilan o`zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang.