1

Navoiylik shifokor 2 yoshli bolani klinik o`limdan hayotga qanday qaytardi? (Video)

Salomatlik 03.04.2020, 18:55
Teglar: klinik o`lim, shifokor
Navoiylik shifokor 2 yoshli bolani klinik o`limdan hayotga qanday qaytardi? (Video)

Bugungi kunda shifokorlarimiz koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishmoqda, balki boshqa tibbiy yordamga muxtoj fuqarolarning ham joniga ora kirishmoqda. Shu jumladan yaqinda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi 33-qishloq oilaviy poliklinika shifokori  Komiljon Rahimov 2 yoshli bolani klinik o`lim holatidan hayotga qaytardi. 

Voqea shunday bo`lganki, ariq bo`yida o`ynab yurgan 2 yashar Azizjon kutilmaganda ariqqa tushib ketadi. Keyin ariqdagi quvurga tiqilib qoladi. Uning quvurga tiqilib qolganini biroz o`tib, ariqqa suv to`lgach bilib qolishadi. Uni chiqarib olib oilaviy poliklinikaga olib kelishadi. Bu vaqtda 10 daqiqacha suv ostida qolib ketgan bola klinik o`lim holatida edi.

Qishloq poliklinikasida shifokor qo`lidan kelgan yordamni ko`rsatib, bolakayni klinik o`lim holatidan chiqarib oladi. Bu voqea haqida Yoshlar kanali videolavha tayyorladi. Video:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1