1

Uydan turib ishlayotgan xodimlarga ish haqi qanday tartibda to`lanadi?

Iqtisodiyot 05.04.2020, 15:14
Teglar: ish haqi, uyda ishlash
Uydan turib ishlayotgan xodimlarga ish haqi qanday tartibda to`lanadi?

Bugun AOKA shtabida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyozmetova ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan vazirlik faoliyatiga oid ko`tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Kecha rahbarimiz telefon qilib: "Siz oxirgi ish haftasida uyda o`tirib ishlamoqdasiz, shu sabab sizga mazkur ish haftasi uchun to`lanishi lozim bo`lgan ish haqining yarmi to`lanadi", — dedi. Aytingchi, men uyda o`tirib ishlasam, oyligimning yarmi to`lanadimi?

Uyda ishlashga o`tkazilgan xodimning mehnatiga haq to`lash quyidagicha amalga oshiriladi:

* mehnatga haq to`lashdagi soatbay asosida — xodimning uyda ishlashga o`tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;

* mehnatga haq to`lashdagi ishbay asosida.

Demak, ushbu holatda Sizga oylik ish haqlari ish beruvchi va siz o`rtangizda tuzilgan mehnat shartnomasida nazarda tutilgan tartibda  to`liq to`lab beriladi!

Asos — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 25 martdagi 9-2020/B sonli Buyrug`i bilan (Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 28 martda 3228-raqami bilan ro`yxatdan o`tkazilgan) karantin davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o`tkazish vaqtinchalik tartibi to`g`risida tasdiqlangan Nizomning 22-bandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1