1

Ijtimoiy tarmoqda Rashid Haliqov hashamatli hayotini ko`z-ko`z qilgani haqidagi xabarga vazirlik munosabat bildirdi

Madaniyat 01.05.2020, 19:50
Ijtimoiy tarmoqda Rashid Haliqov hashamatli hayotini ko`z-ko`z qilgani haqidagi xabarga vazirlik munosabat bildirdi

Sal avval Mo`tabar Tadjibaevaning feysbukidagi O'zbekiston Respublikasi. Xalq fikri / Mnenie naroda  ijtimoiy tarmog`i orqali karantin bo`lishiga qaramasdan oddiy xalqning qurbi etmaydigan nozu-ne`matlar, xashamatli uy joylarini ijtimoiy tarmoqlarda videolar orqali ko`z-ko`z qiluvchi san`atkorlar to`g`risida ulashilgan e`tirozi ommalashgan edi. Bu post yuzasidan Madaniyat vazirligi izoh berdi.

Ushbu munosabatda aytilganidek Rashid Xalikovning uyda qolib, oila davrasida bo`lishi va ular bilan bir qozonda pishirilgan taomni tanovul qilib ko`rsatishiga Madaniyat vazirligi nazoratni o`rnatmaydi. Shu bilan birga uning oilasi va yashayotgan uy-joyini san`atkor o`zining iqtidori bilan barpo qilgan.

San`atkorning qo`shig`i yoki klipi madaniyat etikasiga to`g`ri kelmasagina, vazirlik bu masala yuzasidan qonun doirasida tegishli choralar ko`rishi mumkin, ammo uning shaxsiy hayotiga Madaniyat vazirligining aralashuvi xech bir qoidaga to`g`ri kelmaydi.

Shuningdek, san`atkorning instagram sahifasiga qo`yilgan xavolaning maqsadi karantin vaqtida uyda qolib, vaqtini oila davrasida o`tkazishini namoyish qilish bo`lgan. Shu bilan birgalikda ushbu san`atkor pandemiya davrida kam ta`minlangan oilalarga xayriya ishlarini tashkil etib kelmoqda.

"Yillar davomida xalq xizmatida bo`lib, uning rozi rizoligini olib hamda 30 yil davomida xayriya qilayotganligimni hech qachon oshkora qilmagan edim, men kabi boshqa san`at ahli ham shunday ishlar qilib kelishmoqda. Axir "chap qo`ling berganini o`ng qo`ling bilmasin" degan naql borku, biz xayriya ishlarimizni ko`z-ko`z qilishdan qochamiz, barchasi xudo yo`liga", deb javob berdi Rashid Xaliqov.

"Agar, yuqorida keltirilgan xavola orqali kimningdir  nafsoniyatiga tekkan bo`lsak uzrimizni so`raymiz. Keling birgalikda karantin qoidalariga rioya qilib, uni yurtimizdan tezroq ketishida birlashaylik, bugun O`zbekiston xalqi Davlat rahbari rahnamoligida birlashganini ko`ryapmiz, bu degani koronavirus ham bizni yaqin kunlarda tark etadi va biz yana yurtdoshlarimiz bilan tez kunlarda diydor ko`rishamiz", deydi san`atkor o`z javobida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1