1

Koronavirus infeksiyasi qayd etilgan yana bir bemor vafot etdi

Salomatlik 03.05.2020, 16:20
Koronavirus infeksiyasi qayd etilgan yana bir bemor vafot etdi

Koronvirus infeksisiga chalingan yana bir og`ir bemor bugun vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Namanganlik M. shu yilning 20 aprelida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyat filiali reanimasiya bo`limiga yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi tashxisi bilan yotqizilgan. Yondosh kasalliklari hisobiga u qariyb ikki hafta davomida  sun`iy nafas olish apparatida bo`lgan. O`tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so`ng bemorda  “Covid-19”  infeksiyasi ham aniqlangan.  

Bundan avval esa ushbu bemor (erkak) bosh miya falaji, ikkilamchi kamqonlik og`ir darajasi, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi kabi qator tashxislari bilan davolangan. 29 yildan buyon yotoqdagi bemor bo`lishi bilan birga birinchi guruh nogironligi ham belgilangan.

Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari bilan birga xorijlik, jumladan, xitoylik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o`tkazilib, nazoratga olingan.

Biroq pulmonolog, terapevt, kardiolog, virusolog,   reanimatologlarning  standartlar asosida  o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1