1

Bosh vazir o`rinbosarlari, "bajaramiz", "est" qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 06.05.2020, 10:56
Bosh vazir o`rinbosarlari, "bajaramiz", "est" qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi — Shavkat Mirziyoev

Xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 5 may kuni karantin sharoitini yanada engillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Videoselektor yig`ilishida,  "ura-ura"chilikka berilib, ob`ektlarni qisqa muddatda ishga tushirish uchun pala-partish qurilishiga yo`l qo`ygan mansabdor shaxslarga chora ko`rilishi ta`kidlandi. 

"Yil og`ir keldi. Koronavirus hammamizni qanday yashashga o`rgatdi. So`nggi haftalarda Buxoro va Sirdaryodagi sinovli voqealar esa bizga bitta narsani o`rgatishi kerak: har bir qiladigan ishimizda ogoh bo`lib, berilgan topshiriqlarni etti marta o`lchab, bir marta kesishimiz lozim. Hamma erda sifat, sifat va yana bir marta sifat bo`lsin!", — dedi Prezident.

Prezidentning ta`kidlashicha, Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida 2020 yilda qurib bitkazilgan bog`chalarning faqat yarmi zarar ko`rmagan. "Bu nima degan gap?! Mana, bizning qurilish sohasidagi sifatimiz. Bir emas, bir necha marta yuqoridan ko`rdim. Qaerda sifat bo`lgan bo`lsa, natijasi ko`rinib turibdi. Qaerda sifat bo`lmagan bo`lsa, korrupsiya, o`g`rilik, tenderlarni ‘ura-ura’ qilgan tashkilotlar... bosh vazir o`rinbosarlari, ‘bajaramiz’, ‘est’ qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Bu ishning yakuni boshqacha bo`ladi. Juda katta tahlil qilaman, majburman tahlil qilishga. Ko`p odamlar bilan xayrlashishga majbur bo`laman", — dedi Shavkat Mirziyoev.

 

"Endi bunday ishlash bo`lmaydi". "Alloh taolo bu safar ham aytyapti: ‘Ey bandam, ko`zingni och! Xalqqa halol mehnat qilish kerak, deyapti. Halol!’, — deya qo`shimcha qildi davlat rahbari. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1