1

MDH Tashqi ishlar vazirlari koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo`llarini muhokama qilmoqchi

Siyosat 09.05.2020, 19:29
MDH Tashqi ishlar vazirlari koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo`llarini muhokama qilmoqchi

Shu yilning 12 may kuni O`zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga raisligi doirasida videokonferesaloqa shaklida Hamdo`stlik ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadi.

Tadbir chog`ida xalqaro kun tartibining va Hamdo`stlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019 yilga mo`ljallangan ko`p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishi va 2020 yil uchun rejalar, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo`llarini muhokama qilish ko`zda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1