1

UzAuto Motors Service & Trade-In Markazi eski avtomobilni bir kun ichida istalgan modeldagi yangi avtomobilga almashtirib beradi

Iqtisodiyot 15.05.2020, 20:46
UzAuto Motors Service & Trade-In Markazi eski avtomobilni bir kun ichida istalgan modeldagi yangi avtomobilga almashtirib beradi

Toshkent shahrida joylashgan UzAuto Motors Service & Trade-In Markazi tomonidan minilgan avtomobilni rasmiy dilerga topshirib, bir kun ichida istalgan modeldagi yangi avtomobilga almashtirib ketish imkoniyati taqdim etildi.

Bu qanday amalga oshiriladi?

📌Siz avtosalondan yangi avtomobilni tanlaysiz.

📌Mutaxassis avtomobilingizning texnik holatini baholaydi.

📌Avtomobilgizni yangisiga almashtirish shartnomasini imzolaysiz.

📌Yangi mashina narxi bilan eskisining narxi o`rtasidagi farqni to`laysiz va yangi avtomobil minib ketasiz.

Trade-In afzalligi nimada?

TEZ

Minilgan avtomobil bilan kelasiz, yangisida ketasiz.

QULAY

Eski avtomobilingizni sotish uchun xaridorlar bilan ko`rishishga ortiqcha vaqt sarflamaysiz.

FOYDALI

Trade-In dasturi bo`yicha avtomobilgizni almashtirayotganda bitimni notarial tasdiqlashning hojati yo`q.

XAVFSIZ

Avtomobilni almashtirishga doir barcha moliyaviy amaliyotlar bir joyda amalga oshiriladi.

Batafsil ma`lumotlarni trade-in.uz veb-sayti va +998781207077 telefon raqamlaridan olishingiz mumkin!  

Sizlarni Yashnobod tumani, Elbek ko`chasi, 61- uyda (mo`ljal: Do`stlik metrosi – 2) joylashgan  UzAuto Motors Service & Trade-In Markazida kutamiz.  

Trade-In dasturi bo`yicha xizmat ko`rsatishdan mamnun bo`lamiz!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1