1

TIV: O`zbekiston tinch va farovon Afg`onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi

Siyosat 18.05.2020, 17:34
TIV: O`zbekiston tinch va farovon Afg`onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi

O`zbekiston Afg`onistonning siyosiy etakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo`yicha Oliy kengashni tashkil etish to`g`risidagi kelishuvga erishilganini qo`llab-quvvatlaydi, deyladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Shuningdek,  ushbu muhim qarorlar qo`shni Afg`onistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yo`l ochishidan umidvorligi aytilgan.

O`z navbatida, O`zbekiston Afg`oniston xalqi bilan do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg`onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo`llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg`onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1