2025 yil 19 iyun kuni soat 18:02:01 da Qirg‘iz Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti Zilzilalarni kuzatish va axborot berish tizimi ma’lum qildi.
Zilzila epitsentri Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida joylashgan bo‘lib, Toshkent shahridan 245 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Tabiiy hodisaning magnitudasi 2,9 ni, chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etdi.
Zilzilaning O‘zbekiston hududidagi sezilish darajasi:
Uchqo‘rg‘on tumanida — 2 ball (epitsentrdan 18 km masofada)
Epitsentrda esa zilzila 3 ball kuchda sezilgan.