AsosiyMadaniyat

Denov tumanidagi Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinadi

'Denov tumanidagi Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinadi'ning rasmi

Prezident qaroriga muvofiq Denov tumani yangi, zamonaviy qiyofaga kiradi. Dastur asosida tuman markazidagi xiyobonda o`rnatilgan Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinadi.

Denov tumani hokimligi tuman markazidagi xiyobonda o`rnatilgan Amir Temur haykali xususida 2020 yilning 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan materiallarni batafsil o`rganib quyidagilarni ma`lum qildi:

Tumandagi Amir Temur haykali Denov shahar hokimligining 1996 yil 25 apreldagi farmoyishiga asosan bunyod etilgan. Haykalda ulug` sarkardaning uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassani qo`lida tutgan siymosi aks etgan.

Uch halqa Temur va Temuriylar saltanati bayrog`i, tamg`asi va tangalarida tasvirlanganligi tarixiy manbalarda keltirib o`tilgan.  

Qo`lida uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassa tutgan Amir Temur haykali bobokalonimizning shon-shuhrati, uch iqlimni birlashtirgan engilmas mashhuri zamon bo`lganligi ramzidir.

    Boshqa yangiliklar