1

Koronavirus yuqtirib olgan bemorlar soni yana oshdi. Kasallanganlarning ko`pi Navoiyda aniqlandi

Jamiyat 03.06.2020, 23:23
Koronavirus yuqtirib olgan bemorlar soni yana oshdi. Kasallanganlarning ko`pi Navoiyda aniqlandi

2020 yil 3 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3843 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Bugun soat 17:00 da bemorlar soni 3815 nafar edi, yaqin soatlarda ular 28 nafarga oshdi. 

"Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari esa Karantin markazidagi (shundan 9 nafari  Moskvadan charter reys bilan kelgan, 1 nafari esa  koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo`lgan) fuqarolar orasida aniqlangan", deyiladi xabarda.

Ayni paytda yurtimizda 3014 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog`aydi.  813 nafar bemor davolanmoqda.

Bugun, shuningdek, 16-o`lim qayd etildi. Koronavirus aniqlangan toshkentlik 72 yoshli bemor vafot etdi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1