1

Tez yordam haydovchilariga jarima belgilash tartibi o`zgardi

Jamiyat 26.04.2024, 15:31
Tez yordam haydovchilariga jarima belgilash tartibi o`zgardi

Tez tibbiy yordam xizmatida har bir daqiqa va soniyaning qadri oltinga teng.

Shu bois ko`p hollarda “103” haydovchilari yo`llarda katta tezlikda yoki yo`l belgilariga rioya etmay harakatlanishiga to`g`ri keladi. Bunday vaziyatlar avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalar orqali qayd etiladi.

Amaldagi tartibga ko`ra, mazkur holatda maxsus mashina haydovchilari xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan taqdirdagina ma`muriy ish tugatilayotgan edi.

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o`qishda qabul qilingan — “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasiga ko`ra, endilikda bunday hujjatlar taqdim etish tartibi bekor qilinib, ularga nisbatan yuritilgan ma`muriy ishlar to`g`ridan-to`g`ri tugatilishi belgilanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1